17:28 / 28.02.2017
8 407

Sisiliyada Etna vulqoni otilishi boshlandi

Sisiliyada Etna vulqoni otilishi boshlandi

Italiyaning Sisiliya orolida Etna vulqoni otilishi boshlandi. Bu haqda The Local'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Italiya geofizika va vulqonshunoslik milliy instituti ma’lumotiga ko‘ra, otilish ayni damda kishilarga xavf tug‘dirmaydi. Kataniya aeroporti odatiy tartibda ishlamoqda.

Etna vulqonining otilishi so‘nggi bor 2016 yilning mayida yuz bergandi. O‘shanda vulqon bir necha soat davomida yonbag‘irning shimoliy tomonidan kulni 3,5 kilometrlik balandlikka otgan. Otilish lavaning katta hajmdagi chiqarib tashlanishi bilan birga kechgan.

Ma’lumot uchun, Etna vulqoni Evropadagi eng baland bo‘lib, uni otilishi doimiy ravishda yuz beradi. Etnaning balandligi 3,2 ming metrdan ko‘proqni tashkil etadi hamda otilishdan so‘ng o‘zgarib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sisiliyada Etna vulqoni otilishi boshlandi