Xitoyning Nankin shahrida olib borilgan qurilish ishlari vaqtida Min imperiyasi zamonasiga tegishli bo‘lgan oltin xazinaga liq to‘la sag‘ana topildi, deb yozadi Kun.uz.
Oltin taqinchoqlarning ko‘pligiga qaramasdan, sag‘anada topilgan ikkita qabr toshi eng qimmatbaho topilma sifatida e’tirof etilmoqda. Bu qabrtoshlarda sag‘anaga dafn etilgan ayol haqida ma’lumotlar bitilgan. Olimlarning aniqlashicha, qabr jazmanlikdan siyosiy va harbiy strateglikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan Mey xonimga tegishli bo‘lgan.
G‘ishtli sag‘ana ichida topilgan yozuvlarda xitoy tilida Mey xonim Xitoyning janubi-g‘arbidagi viloyatni boshqargan knyazning onasi bo‘lgani yozilgan. Mey xonim o‘zining o‘g‘liga dushman qabilalar va uzoq o‘lkalarda tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha eng yaxshi strategiyalardan saboq bergan.
Sag‘anada topilgan, yoshi 500 yildan ko‘proqni tashkil qilgan xazinalar orasida oltin bilakuzuklar, ruhlar uchun quticha va soch to‘g‘nag‘ichlari topilgan. Barcha buyumlar turli qimmatbaho toshlar, jumladan yoqut, firuza, sapfirlar bilan bezalgan.
Nankin shahri muzeyi arxeologlari qabrni 2008 yildan beri o‘rganib kelishgan va faqat yaqindagina ularning ishlari ingliz tiliga o‘girilib, Chinese Cultural Relics jurnalida nashr etildi.
Mey xonimning toshdan ishlangan tobuti suvdan shikastlangan bo‘lsada, xonimning jasadi qoldiqlari bizning kunlargacha etib kelgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Mey xonim Xitoyning janubi-g‘arbidagi chegaraoldi viloyati Yunnanni boshqargan Mu Binning uch rafiqasidan biri bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi