BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qildiki, Suriyada yana 66 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, Suriya shimolidagi Al-Bob va Taduf shaharlaridan 40 mingga yaqin kishi chiqqan.
Bu hudud ayni vaqtda IShIDdan Turkiya hukumati qo‘llab-quvvatlayotgan muxolifat kuchlari nazoratiga o‘tgan.
Yana 26 ming kishi Suriya armiyasi jang olib borayotgan, Al-Bobdan sharqda joylashgan qishloqlardan chiqqan.
Qochqinlarning harakatlanishi qiyinlashmoqda, atrof hududlarga jangarilar minalar o‘rnatgan.
Qochqinlarning aksar qismi AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Suriya demokratik kuchlari nazoratidagi hududlarga yo‘l olgan.
Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan buyon mamlakat aholisining deyarli yarmi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi