Foto: © REUTERS/Kevin Lamarque
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi o‘rinbosari va Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon al-Saud AQSh prezidenti Donald Trampni terrorchilikka kurashuvchi barcha musulmonlarning do‘sti deb atadi. U bu haqda Tramp bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra aytdi, deb yozadi Kun.uz.
ArabianBusiness.com internet-nashrining ma’lum qilishicha, Oq uydagi uchrashuv bir qator muhim masalalar, jumladan Trampning AQShga 6 ta musulmon davlati fuqarolarini qo‘ymaslik haqidagi farmoniga bag‘ishlandi. E’tiborlisi, Saudiya Arabistoni shahzodasi 16 martdan kuchga kiruvchi Trampning aksilmigrasion farmonini qo‘llab-quvvatlagan.
"Bu chora AQShga terrorchilar kirishining oldini olishga qaratilgan suveren qarordir", deb aytgan shahzoda.
Bundan tashqari, shahzoda Trampni islomofob deb hisoblamasligini aytgan.
"Prezident Tramp islom dinini eng ilohiy dinlardan deb hisoblashi bilan unga chuqur hurmatini bildirdi", deb aytgan Saudiya Arabistoni qiroli o‘g‘li.
Shahzoda uchrashuvdan keyin Trampning islom dunyosi bilan hamkorlik qilishga tayyorligi pozisiyasi bilan tanishib chiqib, Trampni "musulmonlarning chin do‘sti" deb atagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi