12:44 / 16.03.2017
6 569

Kolumbiyalik fermerlar Google havo sharini NUJ bilan chalkashtirdi

Kolumbiyalik fermerlar Google havo sharini NUJ bilan chalkashtirdi

Kolumbiya markaziy qismidagi Tolima departamentida Google tomonidan asos solingan X kompaniyasining Project Loon havo shari erga qulab tushdi. Mahalliy fermerlar qulagan jismni o‘zga sayyoraliklar deb gumon qildi, deb yozadi Daryo.

Mahalliy aholining ma’lum qilishicha, ular dalaga qulagan noma’lum obektdan daxshatga tushgan.

“U tutardi va undan g‘alati suyuqlik oqib chiqardi”, — deya ta’kidladi San Luis shahri vakili. Dastlab aholi obekt noma’lum uchar jism yoki kosmik kema bo‘laklari ekanligiga ishondi.

Obektning kelib chiqishi va uning havo shari ekanligini aniqlashga polisiya yordam berdi. Uning qulashiga nima sabab bo‘lganligi hozircha noma’lum.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiyalik fermerlar Google havo sharini NUJ bilan chalkashtirdi