09:44 / 19.03.2017
6 457

Bryusselda gaz portlashi oqibatida 7 kishi jarohat oldi

Bryusselda gaz portlashi oqibatida 7 kishi jarohat oldi

Belgiya poytaxti Bryusselda gaz portlashi oqibatida 7 kishi jarohat olgan, kamida bir kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Shuningdek, jabrlanganlar orasida 2 nafar 2 yoshli va bir nafar 15 yoshli bola ham bo‘lgani aytilgan.

Portlash 18 martda kunning ikkinchi qismida Bryussel markazidagi Barer-de-Sen-Jil kommunasidagi uyda yuz bergan. Portlash oqibatida uyning 3 qavati qulab tushgan va yong‘in chiqqan. Vayronalar ostidan jarohatlanganlarni qidirish vaqtida bir kishi jasadi aniqlangan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bryusselda gaz portlashi oqibatida 7 kishi jarohat oldi