AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanali boshlovchisi iltimosiga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ikki so‘z bilan ta’riflab berdi, deb yozadi Kun.uz sayti.
"Men uni bilmayman, biroq unga uncha-bunchaning tishi o‘tmaydi. Men u Rossiya uchun qanday ekanligini bilmayman, biroq vaqti kelib buni bilib olamiz", deb aytgan Tramp. AQSh prezidenti Putinga nisbatan so‘zma-so‘z tough cookie (qattiq pechene) iborasini ishlatgan.
Boshlovchi Trampdan qolgan odamlarga ham ta’rif berishni iltimos qilgan. Jumladan, Tramp o‘zining maslahatchisi Killian Konveyni "juda yoqimtoy ayol", Xillari Klintonni "hafsalasi pir bo‘lgan" deb ta’riflagan. Tramp musiqiy klipida unga o‘xshab kiyinib olgan masxarabozga o‘q uzgan rep ijrochi Snup Dogga ta’rif berarkan, artistning "faoliyati yakun topayotgani" sababli undalgan bunday xatti-harakatini hech kimga, kimligidan qat’iy nazar, qo‘llab bo‘lmasligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi