08:22 / 20.03.2017
6 531

Germaniyadagi mashhur binolardan biri buzib tashlandi

Germaniyadagi mashhur binolardan biri buzib tashlandi

19 mart kuni G‘arbiy Germaniyaning sobiq poytaxti Bonn shahridagi eng mashhur binolardan biri bo‘lgan Bonn-Center binosi yo‘naltirilgan portlatish yordamida buzib tashlandi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Bino 250 kg dinamit yordamida qo‘porildi. Tomida Mercedes kompaniyasining emblemasi aylanib turadigan, balandligi 60 metr keladigan ko‘p qavatli bino sobiq hukumat mavzesining eng baland binolaridan biri bo‘lgan. Bino 1960-yillar oxirida qurilgan bo‘lib, uni Nyu-Yorkdagi mashhur Rockefeller Center’ga qiyoslashgan.

Bosh rejaga ko‘ra, buzib tashlangan bino o‘rniga balandligi 100 metr keladigan ofislar markazi barpo etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyadagi mashhur binolardan biri buzib tashlandi