AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildiki, u ba’zi hollarda o‘z harakatlarini ichki sezgilariga tayangan holda bajaradi. Bu haqda u Time jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Nashr muxbiri Trampdan nima uchun u ishonchli dalili bo‘lmasada keskin bayonotlar bilan chiqishi haqida so‘ragan. U bu orqali prezidentning 3 million kishi noqonuniy ovoz bergani haqidagi gapini ham nazarda tutgan.
Trampning ishonch bilan gapirishicha, saylov vaqtida tashkil etilgan maxsus qo‘mita raqamlarni oshirib ko‘rsatgandi.
«Men instinktlarga tayanadigan odamman, ko‘pincha mening sezgilarim to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Barcha meni yutqazadi deganida, men yuta olishimni gapirgandim», — degan Tramp.
U shuningdek Brexit jarayoni, Shvesiyadagi tartibsizliklarni ham oldindan ko‘ra bilgani haqida eslab o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?