12:10 / 26.03.2017
6 087

Bangladeshdagi portlashlarda 6 kishi halok bo‘ldi

Bangladeshdagi portlashlarda 6 kishi halok bo‘ldi
Bangladeshda sodir etilgan ikkita portlashda kamida 6 kishi halok bo‘ldi, 40 ga yaqin kishi jarohat oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga tayanib Kun.uz ma’lum qilmoqda. Ta’kidlanishicha, qurbonlar yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin, chunki ko‘pchilik jarohatlarganlar og‘ir ahvolda.

Ma’lum qilinishicha, Bangladesh xavfsizlik kuchlari IShIDning mahalliy bo‘limi jangarilari yashiringan binoni qurshab olganlarida jangarilar portlovchi qurilmani harakatga keltirganlar.

Voqea Hindiston bilan chegaradagi Silxet viloyatidagi aeroport yaqinida yuz bergan. Halok bo‘lganlar orasida huquq-tartibot idoralarining ikki nafar xodimi bor.

Bangladeshda bu terakt hafta ichidagi ikkinchisi bo‘ldi: 24 mart kuni Dakka xalqaro aeroporti hududidagi nazorat-o‘tkazish punktida xudkush o‘zini portlatgandi. O‘tgan hafta esa Dakkadan bor-yo‘g‘i 1,5 km uzoqlikda joylashgan Ashkondagi tezkor kuchlar lagerida portlash sodir etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bangladeshdagi portlashlarda 6 kishi halok bo‘ldi