15:51 / 26.03.2017
6 766

Xitoyda turar-joy binosida maishiy gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishiga etdi

Xitoyda turar-joy binosida maishiy gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishiga etdi
Xitoyning Baotou okrugi (Ichki Mo‘g‘uliston avtonom tumani)dagi turar-joy binosida maishiy gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishiga etdi. Bu haqda «Kommersant’»ga asoslanib, «Daryo» xabar bermoqda.

Avvalroq noxush hodisa oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berilgandi. Hodisa oqibatida 25 kishi jarohat oldi, shulardan 4 nafari og‘ir ahvolda. Portlash oqibatida ko‘p qavatli uyning bitta pod’ezdi butunlay vayron bo‘ldi.

Baxtsiz hodisa kecha, 25 mart kuni mahalliy vaqt bilan 14:00 (Toshkent vaqti bilan 11:00)da sodir bo‘ldi. Portlash to‘lqini yaqin atrofdagi binolarning oynasini sindirib yubordi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda turar-joy binosida maishiy gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishiga etdi