13:00 / 04.04.2017
7 759

Qirg‘iziston Peterburgdagi terakt ijrochisi o‘z fuqarosi ekanini tan oldi

Sankt-Peterburgdagi terakt ijrochisi Rossiya fuqaroligiga ega qirg‘izistonlik tomonidan sodir etilgan bo‘lishi mumkin. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi shunday ehtimolni istisno etmagan, deb yozadi Kun.uz nashri.

«Ha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Sankt-Peterburgda 3 aprel kungi portlash Rossiya pasportiga ega Qirg‘iziston fuqarosi», degan maxsus xizmat rasmiysi Raxat Sulaymanov «Interfaks» agentligi muxbiriga.

Aniqlik kiritilishicha, metroda o‘zini portlatgani gumon qilinayotgan shaxs 1995 yili Qirg‘iziston janubidagi O‘sh shahrida tug‘ilgan Akbarjon Jalilov.
Qirg‘iziston Peterburgdagi terakt ijrochisi o‘z fuqarosi ekanini tan oldi
U bu masalada Rossiya tomoni bilan doimiy aloqada bo‘lib turilganini qo‘shimcha qilgan.

Bundan oldinroq kelib chiqishiga ko‘ra o‘rta osiyolik bo‘lgan shaxs portlash tashkilotchiligida asosiy gumondorga aylangani xabar qilingandi.

3 aprel Moskva vaqti bilan soat 14.30da Sankt-Peterburg metrosining «Sennaya ploщad» va «Texnologicheskiy institut-2» stansiyalari o‘rtasidagi yo‘lda ketayotgan metro poezdida portlash yuz bergan. «Ploщad Vosstaniya» stansiyasida qo‘yilgan portlovchi moddaning o‘z vaqtida aniqlanishi evaziga yana bir portlash oldi olingan.

Ushbu portlash qurbonlari soni 11 nafar, jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilganlar soni 51 nafarga etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston Peterburgdagi terakt ijrochisi o‘z fuqarosi ekanini tan oldi