Rossiya Tergov qo‘mitasi rasman ma’lum qildiki, Sankt-Peterburg metrosidagi terakt ijrochisi Akbarjon Jalilovdir.
«Tergovda Sankt-Peterburg metrosidagi vagonda o‘zini portlatgan terrorchi shaxsini aniqladi. U 01.04.1995 sanada tug‘ilgan Akbarjon Jalilov bo‘lib chiqdi», — deyilgan qo‘mita tarqatgan press-relizda.
Qo‘mita ma’lumotida «Ploщad Vosstaniya» bekatida aniqlangan va zararsizlantirilgan bomba ham Jalilov tomonidan qoldirib ketilgani tasdiqlangan, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Ekspert-kriminalistlar «Ploщad Vosstaniya» bekatida topilgan va ichida portlovchi qurilma bo‘lgan sumkada Jalilovning barmoq izlari borligini aniqladi», — deyilgan ma’lumotnomada.
3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining «Texnologiya instituti» bekatiga «Sennaya ploщad» bekatidan kirib kelgan poezdda portlash sodir bo‘ldi. Yana bir bomba «Ploщad Vosstaniya» bekatiga o‘rnatilgandi. Portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 nafarni tashkil qildi, 49 kishi jarohatlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»