11:55 / 05.04.2017
9 446

Buyuk Britaniya bosh vaziri Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida ro‘mol o‘rashdan bosh tortdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida ro‘mol o‘rashdan bosh tortdi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey o‘z mamlakati tashqi ishlar vazirligining ko‘rsatmasini e’tiborsiz qoldirib, Saudiya Arabistoniga tashrif chog‘ida boshiga ro‘mol o‘rashdan bosh tortdi, deb xabar qilmoqda The Independentga tayanib "Sof.uz" nashri.

The Independent xabariga ko‘ra, vazirlik ekspertlari Meyga arabcha milliy ko‘ylak kiyib, ro‘mol o‘rashni maslahat bergan. Ammo hukumat raisi mahalliy an’anaga rioya qilmasligini aytdi.

«Umid qilamanki, xalq menda etakchini ko‘radi va ayol kishi nimalarga qodir ekanligini tushunadi», — dedi u.

Nashrning qayd etishicha, Saudiya Arabistoni qonunchiligida xorijiy fuqarolarga bosh kiyimi bilan yurish majburiyatini yuklaydigan modda yo‘q. Ammo, podshohlik mehmonlari yozilmagan qoidaga muvofiq, musulmon a’analarini buzmaslikka harakat qilishadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniya bosh vaziri Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida ro‘mol o‘rashdan bosh tortdi