17:18 / 06.04.2017
6 550

Maxsus xizmatlar Jalilov Suriyada bo‘lib qaytganini aytmoqda

Maxsus xizmatlar Jalilov Suriyada bo‘lib qaytganini aytmoqda
Peterburg terakti ijrochisi Akbarjon Jalilov Suriyada IShID jangarilari safida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Fontanka.ru»ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Federal xavfsizlik xizmatidagi manbaning ma’lum qilishicha, 2014 yili Jalilov Turkiyadan Rossiyaga kirgani aniqlangan.

«U Suriyada bo‘lgani, IShID nazorati ostidagi hududda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgani haqida ishonchli axborot mavjud», — deyilgan saytida.

Uning IShID bilan aloqadorligini u tayyorlagan bomba ham isbotlab turgani aytilgan. Ya’ni, bombada asosan Suriyadagi jangarilar ishlatadigan qizdirilgan shakar moddasidan foydalanilgan.

Rossiya maxsus xizmatlari Jalilovning chet elga sayohatlari marshrutlarini o‘rganmoqda.

Bundan oldinroq Tergov qo‘mitasi Jalilovning sheriklari qo‘lga olingani haqida xabar bergandi. Hozircha ularning shaxsi ma’lum qilinmagan.

Shuningdek, bugun Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari mahalliy vaqt bilan soat 5 atrofida Sankt-Peterburgning «Tovarisheskiy» shohko‘chasidagi uyda portlash xavfini tug‘dirishi mumkin bo‘lgan buyumni aniqladi. Shundan so‘ng uyda yashovchilar evakuasiya qilindi va portlovchi qurilma zararsizlantirildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maxsus xizmatlar Jalilov Suriyada bo‘lib qaytganini aytmoqda