15:25 / 08.04.2017
6 304

Stokgolmdagi terakt. Asosiy ma’lumotlar (+video)


Shvesiya poytaxti Stokholm shahri markazidagi piyodalar ko‘chasida yuk mashinasi katta tezlikda odamlarni bosib yurdi, deb yozadi "Sof.uz" nashri.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida 3 kishi qurbon bo‘lib, 10ga yaqin kishi tan jarohati oldi. Hujum haqidagi xabarlardan ko‘p o‘tmay shved nashrlari gumonlanuvchi qo‘lga olingani haqida axborot berdi. Meduza nashri Stokgolm markazidagi terakt yuzasidan asosiy ma’lumotlarni bir sahifaga jamladi.

Hujum Stokgolmning qoq markazida yuz berdi. Yuk mashinasi Drotninggatan piyodalar ko‘chasidagi odamlarning ustiga bosib borgan, so‘ng Åhlens univermagi oynasiga borib urilgan. Shvesiya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, biroq OAV uch va hatto besh kishi qurbon bo‘lgani haqida yozmoqda. Kamida sakkiz kishi jabrlangan. Shuningdek, hodisa joyi yaqinida otishma ovozlari eshitilgani haqida ham xabarlar paydo bo‘lgan edi, biroq bu hozircha tasdiqlanmadi.

Yuk mashinasi Shvesiyaning Spendrups kompaniyasiga tegishli edi. Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, mashina hujumdan biroz avval o‘g‘irlangan. 7 aprel kuni mashina Stokgolmdagi do‘konlar va restoranlar bo‘ylab mahsulot tarqatgan, haydovchi Caliente restorani oldida mahsulotni tushirish uchun mashinadan tushgan vaqtida, noma’lum shaxs mashinaga o‘tirib, uni olib qochgan. Spendrups vakilining qo‘shimcha qilishicha, kompaniya haydovchisi jabrlanmagan.

Shvesiya bosh vaziri yuz bergan hodisani darhol terakt deb atadi. «Shvesiya hujumga uchradi», — dedi siyosiy arbob. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat ixtiyorida mavjud barcha ma’lumotlar gap terrorchilik harakati haqida borayotganini ko‘rsatmoqda. Lyovenning qo‘shimcha qilishicha, polisiyachilar hujumni uyushtirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi, biroq polisiya hozircha mazkur bayonotni tasdiqlaganicha yo‘q.

Stokgolmdagi teraktdan so‘ng shahar metrosi yopildi. Bundan tashqari, polisiya talabiga muvofiq shaharning markaziy vokzali bilan bog‘langan barcha temiryo‘l bo‘laklarida harakat to‘xtatildi. Vokzal binosidan barcha yo‘lovchilar olib chiqilgan, OAV xabariga ko‘ra, evakuasiya vaqtida vahima yuzaga kelgan. Shvesiya parlamenti binosi o‘rab olingan, hukumat aholini imkon qadar shahar markaziga bormaslikka chaqirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Stokgolmdagi terakt. Asosiy ma’lumotlar (+video)