11:53 / 10.04.2017
7 309

Angliyadagi shifoxona marhumlarning tana a’zolarini ularning yaqinlari roziligisiz olgan

Angliyadagi shifoxona marhumlarning tana a’zolarini ularning yaqinlari roziligisiz olgan
Angliyadagi Saut-Shilds shahridagi shifoxona vafot etganlarning tana a’zolarini ularning yaqinlari ruxsatisiz olgan va "belgilangan muddatdan ko‘proq" vaqt saqlagan. Bu haqda Belfast Telegraph nashriga asoslanib "Kun.uz" xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, inson to‘qimalari namunalari 2015 yil mart oyidagi tekshiruv davomida topilgan. O‘shanda bu to‘qimalar "belgilangan muddatdan ko‘proq" saqlangani aniqlangan. Jumladan, Sara Simpson ismli ayol uning otasi 1995 yilda vafot etgani, uning oilasi otasi jasadini kremasiya qilgani va marhumning jasadiga tegilmagan deb hisoblab kelinganini ma’lum qildi. Biroq shifoxona ayolning otasi tana a’zolarini qarindoshlari roziligisiz olgan va 22 yil davomida saqlagan.

Ayni vaqtda polisiya topilgan namunalarni identifikasiya qilish uchun tergov olib bormoqda. Buning uchun polisiyaning maxsus xodimlari tana a’zolari donorlari bo‘lishi mumkin bo‘lganlarning oilalari bilan shaxsan uchrashmoqdalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angliyadagi shifoxona marhumlarning tana a’zolarini ularning yaqinlari roziligisiz olgan