20:04 / 10.04.2017
6 697

Ivanka Tramp otasining Suriyaga raketa zarbalarini yo‘llash qaroriga ta’sir ko‘rsatgan

Ivanka Tramp otasining Suriyaga raketa zarbalarini  yo‘llash qaroriga ta’sir ko‘rsatgan
AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp otasining Suriyaga raketa zarbalarini berish qaroriga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqida The Independent Buyuk Britaniyadagi diplomatik doiradagi manbalariga asoslanib, xabar berdi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

Manbaga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning Vashingtondagi elchisi Kim Darrok bosh vazir Tereza Mey va tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonga Donald Trampning Suriyadagi kimyoviy hujumlar haqidagi xabarlardan "chuqur ta’sirlangan"i ma’lum qilingan hujjatni yo‘llagan.

Biroq, gazeta manbalarining xabar berishicha, diplomatning murojaatlarida Ivankaning pozisiyasi "Oval xonaga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan"i, shu munosabat bilan AQSh prezidentining reaksiyasi "kutilagindan-da kuchli" bo‘lgani aytilgan.

Ta’kidlash joizki, Ivanka o‘zining Twitter'dagi sahifasida Suriyaga raketa zarbalarini yo‘llagan otasi bilan faxrlanishi haqida yozgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ivanka Tramp otasining Suriyaga raketa zarbalarini yo‘llash qaroriga ta’sir ko‘rsatgan