22:11 / 10.04.2017
6 548

IShID yana terakt uyushtirish niyatida

IShID yana terakt uyushtirish niyatida
IShID terrorchilik guruhi yana bosqinchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar tarqatdi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

9 aprel kuni Misrning ikki shahridagi cherkovda yirik terakt sodir etilgandi va bu jinoyatni IShID terrorchilari amalga oshirgani xabar qilingandi.

Xorij OAVning ma’lumotlariga qaraganda, Tanta va Aleksandriya shahrida uyushtirilgan teraktlar xudkush-terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan. Portlovchi vositalarga ega bo‘lgan nimcha kiyib, o‘zini portlatgan terrorchilarning ismi oshkor bo‘ldi. Ular – Abu al-Baraa al-Masriy va Abu Ishoq al-Masriy.

Bu voqeadan so‘ng, IShID jangarilari yangi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ma’lumotlar tarqaldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » IShID yana terakt uyushtirish niyatida