18:01 / 13.04.2017
7 515

Gresiya yaqinida sayyohlik kemasi yondi va cho‘kib ketdi

Gresiya yaqinida sayyohlik kemasi yondi va cho‘kib ketdi
Unchalik katta bo‘lmagan Saint sayyohlik kemasi Gresiyaga tegishli Mikonos orolining Psaru ko‘rfazi hududida avvaliga yonib so‘ngra cho‘kib ketdi. Bu haqida «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Yong‘in yarim tunda, kema qirg‘oqdan 100 metr uzoqdaligida ro‘y berdi. Kema bortidagi 10 yo‘lovchi, shuningdek, uch nafar ekipaj a’zolari qirg‘oqqa etib olish uchun qutqaruv vositalaridan foydalangan. Bundan tashqari yana bir kema ularga yordam ko‘rsatgan.

Yo‘lovchilar hamda ekipaj a’zolaridan hech kimga jarohat etmagan. Voqea yuzasidan Mikonos portining rasmiylari tergov ishlarini olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gresiya yaqinida sayyohlik kemasi yondi va cho‘kib ketdi