10:06 / 17.04.2017
6 389

AQShda Facebook Live orqali qotillikni amalga oshirgan jinoyatchi qidirilmoqda

AQShda Facebook Live orqali qotillikni amalga oshirgan jinoyatchi qidirilmoqda
AQShning Ohayo shtati Klivlend shahri polisiyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida jonli efirda qotillik sodir etgan jinoyatchini qidirmoqda. Bu haqda shahar polisiya boshqarmasi vakillari xabariga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Stiv Stivens nomli erkak qidirilmoqda. Polisiyaning ta’kidlashicha, u o‘zi sodir etgan "qotilligini Facebook Live orqali namoyish qilgan". O‘ldirilgan fuqaroning ismi oshkor qilinmagan.

Associated Press agentligiga ko‘ra, Stivens tomonidan Facebook sahifasiga joylangan qotillik videosi 3 soatlar o‘tgach, olib tashlangan.

Polisiyaning ma’lum qilishicha, jinoyatchi, shuningdek, ijtimoiy tarmoq orqali "ko‘plab qotilliklarni sodir etganini aytgan". Biroq, hozircha, bu tasdiqlanganicha yo‘q.

Mahalliy hukumat vakillari, gumondorning tashqi ko‘rinishlarini e’lon qilib, Stivens juda xavfli ekani, qurollangan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Facebook kompaniya, o‘z navbatida, mazkur voqeaga izoh berdi. Facebook 16 aprel kuni tarqatilgan bayonotga ko‘ra, kompaniya ushbu voqelikni "dahshatli jinoyat", deb atagan.

"Bu dahshatli jinoyat va biz bu kabi lavhalarni Facebook tarmog‘ida joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaymiz", - degan ijtimoiy tarmoq vakillari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda Facebook Live orqali qotillikni amalga oshirgan jinoyatchi qidirilmoqda