18:24 / 17.04.2017
11 776

Sankt-Peterburgda «Gazel» ichidan joni uzilgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Sankt-Peterburgda «Gazel» ichidan joni uzilgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
Sankt-Peterburg shimolida «Gazel» ichidan nafas olmayotgan O‘zbekiston fuqarolari topildi. Ularni mahalliy aholi payqab qolgan, deb yozmoqda Daryo nashri.

Ma’lum qilishlaricha, erkak shifoxonaga joylashtirilgan. Unga ekzotoksik komaga olib kelgan noma’lum modda orqali o‘tkir zaharlanish tashxisi qo‘yilgan. Jabrlanganning ahvoli og‘ir, deya baholanmoqda.

Polisiyachilar «Gazel» 15 aprel kechasi o‘t olgani, dvigateli baland ovozda ishlagani haqida so‘zlab bergan guvohni topdi. Guvoh ertasi kuni ertalab ham mashina dvigateli ishlayotganiga e’tibor qaratgan. Avtomobil turgan hovli atrofidagi uyda istiqomat qiluvchilar mashina eshigini ochib, dvigatelni o‘chirgan. Salonda esa bir nimalar deb g‘o‘ldirayotgan erkakka ko‘zlari tushgan.

Polisiya tomonidan so‘roq qilingan fuqaro jabrlanuvchini mast deb o‘ylagani va salondagi ayolni payqamay qolganini aytib berdi. Hayotdan ko‘z yumgan 35 yoshli ayol va 28 yoshli erkak O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sankt-Peterburgda «Gazel» ichidan joni uzilgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi