Nyu-Yorklik Perosi ismli santexnikachi lotereyada 136 mln dollar yutib oldi. Perosi bu yutuqli lotereya chiptasini mart oyi boshida sotib olgan edi, deb yozadi Kun.uz. Mart oyi o‘rtalarida baxtli chipta Perosi lotereya sotib olgan do‘kondan sotib olingani haqida gaplar tarqagan, biroq Perosi bunga ahamiyat bermagan. U unga o‘zining eski yuk mashinasini ta’mirlash uchun pul kerak bo‘lib qolgandagina aprel oyi boshida o‘z chiptasini tekshirib ko‘rishga qaror qilgan. Perosi 136 mln dollar yutib olganini tushungach, hayratdan yoqasini ushlab qoldi.
Perosi o‘zining yutug‘ini o‘g‘li bilan baham ko‘rishga qaror qildi va unga yutuqning 30 foizini berdi. Perosi barcha soliqlarni to‘lagandan keyin qo‘liga 38 mln 612 ming 55 dollar oldi, uning o‘g‘liga esa 16 mln 548 ming 23 dollar tegdi.
Perosi o‘zining yutug‘ini aql bilan sarflamoqchi: u yangi yuk mashinasi sotib olib, Nyu-York shtati bo‘ylab sayohat qilmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi