09:53 / 18.04.2017
6 305

Xitoyda avtomobillar soni 200 million donaga etdi

Xitoyda avtomobillar soni 200 million donaga etdi
Xitoyda rasman ro‘yxatga olingan avtomobillar soni 200 million donaga etdi. Bu haqda XXR jamoat xavfsizligi vazirligi xabarida so‘z yuritilgan.

Shu bilan birga, vazirlikka ko‘ra, motorli transport vositalarining umumiy soni 300 mln donaga etgan. 2017 yil birinchi choragida 8,2 millionta yangi motorli transport vositasi ro‘yxatga olingan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Bundan tashqari, motosikllarni ham qo‘shib hisoblaganda transport vositasiga ega kishilar soni 364 million kishiga etdi. Shundan 320 mln kishi avtomobil haydovchilaridir. Birinchi chorakda o‘sish 7,4 million kishini tashkil etgan.

2015 yil yakunlariga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan jami transport vositalari egalarining soni 279 million kishini tashkil etgan edi. Ularning 172 millioni avtomobil egalari hisoblanardi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda avtomobillar soni 200 million donaga etdi