21:42 / 27.04.2017
7 114

Rossiyaliklarning 82 foizi Putinning faoliyatidan mamnun

Rossiyaliklarning 82 foizi Putinning faoliyatidan mamnun
Vladimir Putinning RF prezidenti lavozimidagi faoliyati 82 foiz rossiyalikni qoniqtiradi. Uning siyosatidan norozilar soni 18 foizni tashkil qildi. Ijtimoiy va marketing tadqiqotlar o‘tkazuvchi Levada tahlil markazi tomonidan taqdim etilgan reyting shundan dalolat beradi deb yozadi Kun nashri.

Manbaga ko‘ra, 51 foiz fuqaro Rossiya to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanmoqda, deb hisoblaydi. Mamlakat ketayotgan yo‘ldan norozilar 32 foizni tashkil qildi. 17 foiz aholi esa javob berishga qiynaldi.

Aprel oyida Rossiya hukumati faoliyatini 46 foiz respondent ijobiy baholadi, yanvar oyida bu ko‘rsatkich 51 foizni tashkil qilgan. Vazirlar Mahkamasi faoliyatidan norozilar soni 53 foizga oshgan, yanvar oyida ushbu ko‘rsatkich 48 foiz bo‘lgan.

Davlat dumasi faoliyatini 42 foiz respondent qo‘llab-quvvatlagan (mart oyida - 38 foiz), norozilar - 57 foiz (bir oy avval - 60 foiz).

Viloyat gubernatorlari faoliyati 53 foiz respondent tomonidan ma’qullagan. Ularning faoliyatidan norozilar 45 foizni tashkil qildi.

Shuningdek respondentlardan ularda ishonch hissini uyg‘otadigan siyosatchi va jamoat arboblari nomini aytish so‘raldi. Ilk uchlikda, 2016 yilda bo‘lgani kabi, prezident Vladimir Putin, TIV rahbari Sergey Lavrov va Mudofaa vaziri Sergey Shoygu qayd etilgan.

14 foiz respondent rossiyalik siyosatchilarga ishonchsizlik bildirgan, 12 foizi esa siyosatga qiziqmasligini ko‘rsatgan.

Markaz mutaxassislari 21-24 aprel kuni 18 yosh va undan katta 1600 kishi ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazdi. 137 aholi punkti hamda 48 mahalliy mintaqa fuqarolari so‘rovnomaga jalb etildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaliklarning 82 foizi Putinning faoliyatidan mamnun