21:39 / 29.04.2017
6 600

Janubiy Koreya va AQSh Shimoliy Koreya raketa uchirganidan so‘ng mashqlarni boshladi

Janubiy Koreya va AQSh Shimoliy Koreya raketa uchirganidan so‘ng mashqlarni boshladi
AQSh va Janubiy Koreya KXDR ballistik raketani uchirganidan so‘ng Yapon dengizida qo‘shma dengiz mashqlarini boshladi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.

Mashqlarda Janubiy Koreya harbiylari va AQSh qurolli kuchlarining tarkibida «Karl Vinson» atom aviatashuvchisi bo‘lgan zarba guruhi ishtirok etmoqda.

Hozircha harbiylar mashqlar qancha muddat o‘tkazilishiga oid hech qanday bayonot berishmadi. Kutilishicha, ular keyingi haftada yakunlanadi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, bu so‘nggi ikki oy ichida Koreya Respublikasi suvlarida Amerikaning «Karl Vinson» aviatashuvchisi ishtirokidagi ikkinchi amaliyotdir.

Taxminlarga ko‘ra, aviatashuvchi bortida qariyb 100 ta harbiy samolyot bor.

Avvalroq Amerikaning “Karl Vinson” aviatashuvchisi shanba, 29 aprel kuni Susima bo‘g‘ozi orqali Yapon dengiziga kirgani haqida xabar bergandik.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya va AQSh Shimoliy Koreya raketa uchirganidan so‘ng mashqlarni boshladi