Foto: TASS
Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun nashri tomonidan ma’lum qilindi.
Muloqot davomida ikki etakchi Rossiya va AQShning Suriyada terrorchilikka qarshi harakatlarini muvofiqlashtirish istiqbollarini hamda Koreya yarimorolidagi vaziyatni batafsil muhokama qilishdi.
Ta’kidlanishicha, Putin amerikalik hamkasbini bu masalada bosiqlik va keskinlik darajasini kamaytirishga chaqirgan. Etakchilar "muammoni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan birgalikdagi ishni yo‘lga qo‘yishga" kelishib olganlar.
Putin va Tramp telefon orqali muloqot qilib turishga va Gamburgda iyulda o‘tadigan G20 sammiti doirasida yuzma-yuz uchrashishga, Suriya muammosini hal qilish variantlarini izlash bo‘yicha tashqi ishlar boshqarmalari etakchilari o‘rtasida muloqotni faollashtirishga kelishib olganlar.
Kremlning ma’lum qilishicha, ikki etakchi o‘rtasidagi suhbat "amaliy ruhda va sermazmun" o‘tgan.
Bu muloqot Tramp AQSh prezidenti lavozimini bajarishga kirishgandan keyin Putin bilan uchinchi muloqot bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi