10:01 / 07.05.2017
6 018

Rim papasi AQSh raketasining "barcha bombalarning onasi" deb atalishini sharmandalik deb atadi

Rim papasi AQSh raketasining "barcha bombalarning onasi" deb atalishini sharmandalik deb atadi
Foto:roma.corriere.it

Rim papasi Fransisk AQShning o‘ta kuchli GBU-43 rusumidagi fugas bombasining "barcha bombalarning onasi" deb atalishini tanqid qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Pontifikning aytishicha, u qirg‘inbarot qurolga nisbatan "ona" so‘zining qo‘llanishini eshitganda sharmandalik his qilgan.

"Ona hayot ato etadi, qurol esa o‘lim keltiradi va biz bu qurilmani ona deb atamoqdamiz. Nimalar bo‘layapti o‘zi?", deb aytgan Fransisk.

Avvalroq amerikalik harbiylar bu bombani birinchi marta Afg‘onistonda qo‘llagandilar. Bomba bilan terrorchilarning er osti tunnellariga zarba berilgan. Pentagonning ma’lum qilishicha, aviazarba oqibatida 36 jangari yo‘q qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rim papasi AQSh raketasining "barcha bombalarning onasi" deb atalishini sharmandalik deb atadi