10:51 / 13.05.2017
6 541

AQShda qariyalar uyida otishma sodir etilishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

AQShda qariyalar uyida otishma sodir etilishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
AQShning Kirkeksvill shahrida (Ogayo shtati) noma’lum kimsa qariyalar uyida otishma sodir etishi oqibatida shahar polisiyasi bo‘limi boshlig‘i va muassasaning 2 xodimi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Polisiya zobiti qariyalar uyidan qurollangan odam haqida xabar tushgandan keyin u erga yo‘l olgan. Keyinroq u radioaloqa orqali hamkasblari bilan bog‘lanib, gumonlanuvchini aniqlaganini aytgan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda qariyalar uyida taxminan 23 kishi bo‘lgan.

Voqea joyiga etib kelgan boshqa polisiyachilar hamkasblarini jonsiz holda topishgan. Polisiyachilar yana 3 kishi – qariyalar uyining 2 xodimi va otishmani sodir etishda gumon qilingan noma’lum shaxsning jasadlarini topishgan. Bosqinchi shaxsi va uni jinoyatni sodir etishga undagan sabablar aniqlashtirilmoqda. Tergov olib borilmoqda.

Axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan polisiyachi 36 yoshda bo‘lgan. Uning ortidan 6 farzandi va homilador rafiqasi qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda qariyalar uyida otishma sodir etilishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi