20:55 / 16.05.2017
15 270

Xitoyda kuchuk tiriklayin ko‘milgan chaqaloqni o‘limdan qutqarib qoldi

Xitoyda kuchuk tiriklayin ko‘milgan chaqaloqni o‘limdan qutqarib qoldi
Xitoyning Szyanszin shahrida kuchuk tiriklayin ko‘milgan bolani qutqarib qoldi, deb yozadi Qalampir.uz.

Uy hayvoni egasi so‘ziga ko‘ra, kuchugi bor kuchi bilan erni kavlay boshlaganida hayron bo‘lgan. Kavlangan chuqur yoniga kelib, u erda oq matoga o‘ralgan yig‘layotgan chaqaloqni ko‘rgan.

Qutqarib qolingan go‘dak bir yarim oylik chaqaloq ekani aniqlandi. Tana harorati tushib ketgan va yurak urishi sekinlashgan go‘dak shifoxonaga joylashtirildi. Ayni damda chaqaloq shifokorlar nazoratida va ahvoli yaxshilanib bormoqda.

Polisiya go‘dakning yaqinlarini qidirmoqda. Dastlabki taxmin bo‘yicha, chaqaloqning ota-onasi uni vafot etgan deya hisoblab, ko‘mib qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda kuchuk tiriklayin ko‘milgan chaqaloqni o‘limdan qutqarib qoldi