15:28 / 18.05.2017
6 749

Londonda arilar to‘dasi transport harakatini to‘xtatib qo‘ydi (video)

Londonda arilar to‘dasi transport harakatini to‘xtatib qo‘ydi (video)
London ko‘chalarida arilarning katta to‘dasi transportlar harakatini tig‘iz vaqtda to‘xtatib qo‘ydi. Hamma arilarning hujumidan yashirinishga uringan vaqtda bu g‘alati uyani suratga tushirish uchun to‘xtagan dovyurak yo‘lovchilar ham topildi, deb yozadi Qalampir.uz.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, hasharotlarning shovqini ishlayotgan mashina ovoziga o‘xshash bo‘lgan. Mahalliy aholining aytishicha, hasharotlar shahar ko‘chalarida bir soatga yaqin uchib yurgan. Ular, ayniqsa, svetoforlarga qiziqib, ularni qurshab olishgan.

London aholisi baxtiga asalarichi Fil Klarkson yordam berish uchun kelgan. U mashinasiga mobil tuzoq o‘rnatdi va arilar tezda maxsus uychaga yashirinib olishdi.

Klarkson arilar shu yaqinda joshlashgan Grinvinch bog‘idan kelgan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilgan. Arilarni tinchlantirgach, u odamlarga hasharotlar bunday vaqtda xotirjam bo‘lishi va hech kimga hujum qilmasligini tushuntirgan. Haqiqatdan ham arilar hech kimni chaqmagan, odamlar shunchaki ulardan cho‘chigan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Londonda arilar to‘dasi transport harakatini to‘xtatib qo‘ydi (video)