18:01 / 19.05.2017
8 756

Yaponiya imperatorining nabirasi turmushga chiqish uchun malikalikdan voz kechdi

Yaponiya imperatorining nabirasi turmushga chiqish uchun malikalikdan voz kechdi
Yaponiya imperatori xonadoni malika Mako Akisino unashtirilayotganini ma’lum qildi, deb yozmoqda Hilol.uz ashri. U imperator Akixitoning to‘ng‘ich o‘g‘li Akisinoning qizidir.

25 yoshli malika yuridik firmasining xodimi Key Komuroga turmushga chiqyapti. Ular besh yil muqaddam, universitetda o‘qib yurgan paytda tanishishgan.

Bo‘lg‘usi kuyov aslzodalar oilasidan bo‘lmagani tufayli to‘ydan keyin Mako Akisino malikalik unvonidan mahrum bo‘ladi.

Qonunlarga muvofiq unga davlat tomonidan bir martalik to‘lov to‘lanadi. To‘lov miqdorini esa Bosh vazir ishtirokidagi davlat kengashi hal qiladi.

2005 yilda imperator Akixitoning qizi Sayako Kuroda oddiy odamga turmushga chiqqanida, 150 million iena (1,3 million dollar) olgan edi.

2014 yilda esa imperatorning jiyani – malika Noriko Senge ham oddiy oilaga kelin bo‘ldi va 100 million iena (870 ming dollar) oldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya imperatorining nabirasi turmushga chiqish uchun malikalikdan voz kechdi