07:04 / 23.05.2017
7 459

AQSh savdo vaziri Tramp Saudiya Arabistonida nutq so‘zlayotganda uxlab qoldi (Video)

AQSh savdo vaziri Tramp Saudiya Arabistonida nutq so‘zlayotganda uxlab qoldi (Video)
Saudiya Arabistonining El-riyod shahrida arab-islom dunyosi rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan sammitda Donald Tramp nutq so‘zlayotganda, AQSh savdo vaziri uxlab qoldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Amerika prezidenti minbarga chiqib, nutq so‘zlayotganda kamera ob’ektivlari Donald Trampning qizi Ivankaning yonida, qulog‘idan quloqchinni olmay, mudrab o‘tirgan AQSh savdo vaziri Rossga qaratildi. Videoda Rossning ko‘zlari yumilib, uxlab qolganini ko‘rish mumkin.

Tramp shanba kuni Saudiya Arabistoniga o‘zining davlat rahbari sifatidagi ilk tashrifini amalga oshirdi. Mazkur sammitda AQSh rahbari arab va musulmon mamlakatlari rahbarlari bilan terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh savdo vaziri Tramp Saudiya Arabistonida nutq so‘zlayotganda uxlab qoldi (Video)