10:52 / 24.05.2017
7 987

OAV: AQSh Suriyadagi terrorchilarga qurol etkazib bermoqda

OAV: AQSh Suriyadagi terrorchilarga qurol etkazib bermoqda
AQSh Suriya shimolidagi PYD terrorchilariga (PKK’ning Suriyadagi qanoti) qurol-yarog‘ etkazib berishda davom etmoqda, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Xabar qilinishicha, 15 va 20 may kunlari IShID bilan kurash bahonasida Iroqdan Suriyaga ikkita yirik qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar partiyasi yuborilgan.

Anadolu agentligi muxbiri Suriya shimolida Amerika quroliga ega bo‘lgan yuk mashinalarini suratga olgan. Uning ma’lumotiga ko‘ra, qurol-yarog‘ etkazib berish, Trampning Suriya demokratik kuchlarini qurollantirish haqidagi qaroridan olti kun o‘tib boshlangan.

Umumiy hisobda Iroqdan Suriyaga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bo‘lgan 100 ta yuk mashinasi chiqib ketgan. Yuk mashinalari kolonnasi Xaseke tumaniga etib bordi va Raqqa shimoliy tumanlariga qarab harakatlanmoqda.

Shuningdek, terrorchilarga zirhli texnika ham etkazib berilgan.

Terrorchilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan foto va videomateriallarni o‘rganib chiqqan agentlik ekspertlari, avval ham PKK’da Amerika quroli bo‘lganini qayd etishgan.

Xususan, terrorchilarda avval BGM-71 TOW tanklarga qarshi kompleksi, 80 va 120 millimetrli minomyotlar, MK19 avtomatik granatomyot, M4 avtomatik karabini, M16 soyli miltig‘i, Humwee zirhlangan mashinalari, Cougar Amerikaning og‘ir zirhli mashinasi, uchuvchisiz uchar qurilmalar bo‘lgan.

Suriya shimolidagi terrorchilarga hattoki Amerikaning FGM-148 Javelin tanklarga qarshi raketa kompleksi ham etkazib berilgan, deyiladi nashr xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: AQSh Suriyadagi terrorchilarga qurol etkazib bermoqda