21:43 / 24.05.2017
9 344

Ramzan Qodirov Checheniston maktablarida bitiruv kechasi o‘tkazishni taqiqladi

Ramzan Qodirov Checheniston maktablarida bitiruv kechasi o‘tkazishni taqiqladi
Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov maktablarda o‘tkaziladigan bitiruv kechalarini o‘tkazmaslik taklifini kiritdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

U shu bilan birga mazkur tadbirni o‘tkazish uchun maktablarda pul yig‘ilmasligi kerakligini ham ta’kidladi.

Ramzan Qodirov bu taklifni Checheniston respublikasi fan va ta’lim vaziri Ismoil Boyxonov bilan bo‘lib o‘tgan amaliy uchrashuv paytida kiritdi.

Checheniston rahbari o‘zining Instagram sahifasida ham maktabda bitiruv kechalarini bekor qilishni taklif qildi. Ota-onalar o‘z xohish-istaklari, ikoniyatidan kelib chiqib mazkur tadbirni tashkil etishlari mumkin. Ramzan Qodirov bitiruv kechasini o‘tkazish uchun respublikada turli qahvaxona va restoranlar mavjudligini, bu erda xohlagan odam istagan tadbirini o‘tkazish mumkinligini aytdi.

Maktab bitiruv kechasini o‘tkazish ota-onalar qo‘mitasi bilan muhokama etiladigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov Checheniston maktablarida bitiruv kechasi o‘tkazishni taqiqladi