15:41 / 27.05.2017
7 861

Er osti yo‘li orqali Braziliya qamoqxonasidan 90 nafar mahbus qochdi

Er osti yo‘li orqali Braziliya qamoqxonasidan 90 nafar mahbus qochdi
Braziliyada er osti yo‘li orqali “ozodlikka chiqishga” muvaffaq bo‘lgan 90 nafar mahbuslar qidirilmoqda, deb xabar berdi Darakchi.uz.

Voqea mamlakatning shimolida joylashgan Riu-Grandi-du-Norti shtatidagi qamoqxonada ro‘y berdi. Mahbuslar 30-40 metrli er osti yo‘lini qazishgan. Do‘stlariga yordam berish uchun qamoqxonadagi boshqa mahbuslar ataylab, tartibsizlikni yuzaga keltirib, qo‘riqchilarning diqqatini o‘ziga jalb etgan.

Qochoqlar Paraiba va Riu-Grandi-du-Norti shtatlarida mavjud bo‘lgan 36 ta shahardan qidirilmoqda, ularning 8 nafari qo‘lga olindi.

Muassasa rahbariyatining ma’lumot berishicha, qochoqlarni ko‘chada avtomashina kutgan, shu bilan birga ular fuqarolik kiyimini kiyishga ham ulgurishgan. 2017 yilning yanvar oyida mazkur qamoqxonadan 14 nafar mahbus qochib ketgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Er osti yo‘li orqali Braziliya qamoqxonasidan 90 nafar mahbus qochdi