18:10 / 29.05.2017
6 168

Qozog‘istonlik podpolkovnikni poraxo‘rlikda ayblashmoqda…

Qozog‘istonlik podpolkovnikni poraxo‘rlikda ayblashmoqda…
Ertaga 30 may kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahar tumanlararo harbiy sudida Qozog‘iston qurolli kuchlari moddiy-texnik ta’minot bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari 39 yoshli To‘lamish Jumqoziev ustidan jarayon boshlanadi, deb yozadi Hordiq.uz sayti. Uni xizmat vazifasini suiste’mol qilgan holda birovlarning ishini noqonuniy ravishda bitirib berish evaziga 20 million tanga miqdorida pora olganlikda ayblashmoqda.

Sud undan tashqari yana shu ishga aloqador 11 kishiga nisbatan adolatli hukm e’lon qiladi. Qolaversa, yana olti kishi, jumladan, uch ayol pora berganlik jinoyatida ayblanadi. Ayni paytda ular uy qamog‘ida saqlanmoqda.

Jumqoziev o‘tgan yili 20 million tanga miqdoridagi pulni shaxsi ma’lum qilinmayotgan kimsadan qabul qilib olayotganda mamlakat milliy xavfsizlik xizmatining harbiy kontrrazvedka departamenti xodimlari tarafidan qo‘lga olingan. Agar qo‘lga tushmasa, korrupsiya jinoyatlarini sodir etishdan to‘xtamagan bo‘lardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik podpolkovnikni poraxo‘rlikda ayblashmoqda…