22:37 / 03.06.2017
6 653

OAV: Turkiya bosh vazirining bosh maslahatchisi hibsga olindi

OAV: Turkiya bosh vazirining bosh maslahatchisi hibsga olindi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning bosh maslahatchisi Fathulloh Gulen bilan aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Aynan Gulen Turkiyada 2016 yilning yozida ro‘y bergan davlat to‘ntarishiga urinishni tashkillashtirishda ayblangan.

Hürriyet Daily News’ning xabar berishicha, adliya vaziri sobiq o‘rinbosari Birol Erdem rafiqasi bilan Anqarada qo‘lga olingan.

Ta’kidlanishicha, 2016 yilda Erdem FETO tashkilotiga aloqadorlik bo‘yicha tergov jarayonida guvoh sifatida o‘tgan.

2016 yilning 16 iyul kuni Turkiyada isyonchilar guruhi harbiy to‘ntarishni amalga oshirishga urinib ko‘rdi, biroq hukumat uni bostirishga muvaffaq bo‘ldi. Qarama-qarshiliklar tufayli 246 nafar turk fuqarosi halok bo‘ldi, hamda 2 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Turkiya hukumati ro‘y bergan holatda Fathulloh Gulenni aybladi va AQShdan uning ekstradisiyasi talab qildi. Gulenning o‘zi esa isyonni qoraladi va unga aloqador emasligini iddao qilib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Turkiya bosh vazirining bosh maslahatchisi hibsga olindi