21:12 / 04.06.2017
10 295

Germaniyada afg‘onistonlik qochoq besh yashar bolani garovga oldi va otib tashladi

Germaniyada afg‘onistonlik qochoq besh yashar bolani garovga oldi va otib tashladi
Hozircha 41 yoshli afg‘onistonlik qochoqning asl maqsadi, talabi qanday bo‘lgani aniqlanmadi. Shunisi ma’lumki, u besh yashar bolani garovga olgan, ammo sal o‘tmay otib o‘ldirgan. Shu vaqtda bolaning onasi va olti yashar akasi ham fojia yuz bergan joyda edi. Farzandini qotilning qo‘lidan qutqarishga uringan ayol ham og‘ir jarohat oldi. Afg‘on uni ham ayab o‘tirmadi. Lekin olti yashar bolaga tegmadi.

Fojia yuz bergan joyga etib kelgan polisiyachilar qotilni yo‘q qilishdi.
Ayni paytda Germaniyada yuz bergan ushbu qotillikdan so‘ng Angela Merkel siyosatiga qarshi muxolifatchilar yana qochoqlarni mamlakatda olib qolish masalasi qayta ko‘rib chiqilishini talab qila boshlashdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada afg‘onistonlik qochoq besh yashar bolani garovga oldi va otib tashladi