01:34 / 05.06.2017
6 111

Eyfel minorasi Londondagi terakt qurbonlari xotirasiga o‘z chiroqlarni o‘chiradi

Eyfel minorasi Londondagi terakt qurbonlari xotirasiga o‘z chiroqlarni o‘chiradi
Parijning eng diqqatga sazovor inshootlaridan biri - Eyfel minorasi dushanba kunga o‘tar kechasi Britaniya poytaxtidagi terakt qurbonlari xotirasiga o‘z chiroqlarini o‘chiradi. Bu haqda Parij meri Ann Idalgo'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

"Eyfel minorasi Londondagi terakt qurbonlari xotirasiga bugun tunda 00:45da o‘z chiroqlarini o‘chiradi", - deb yozdi Idalgo o‘z Twitter'ida.

Shanba kuni kechqurun London markazida ikkita terrorchilik hujumi qayd etildi. Uch nafar erkak mikroavtobusda London ko‘prigidagi yo‘lovchilar ustiga bostirib kelgan, so‘ngra Boro bozoriga borib, u erdagi yo‘lovchilarga ham pichoq bilan hujum qilgan.

Londondagi teraktlar natijasida 7 kishi halok bo‘lgan, 48 nafari jarohat olgan. Terrorchilarning bari polisiya tomonidan yo‘q qilingan.

Ta’kidlash joizki, bu 2,5 oy ichida Britaniyadagi uchinchi teraktdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eyfel minorasi Londondagi terakt qurbonlari xotirasiga o‘z chiroqlarni o‘chiradi