Moskva shahrida yashovchi 19 yoshli o‘zbekistonlik qiz soch bo‘yashda ishlatiladigan gidroperit moddasidan foydalangandan keyin vafot etdi. Bu haqda Moslenta.ru nashriga tayanib Darakchi.uz sayti yozmoqda.
Nashrning xabar berishicha, polisiyaning navbatchilik bo‘limiga Strelbiщensk tor ko‘chasida yosh qiz vafot etgani haqida xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, vafot etgan qiz o‘zbekistonlik bo‘lib, onasi va ikki opasi bilan Moskva shahrida yashagan. Qizning onasi bergan ma’lumotga ko‘ra, qizi sochini bo‘yayotgan vaqtda birdan mazasi qochib, ko‘ngli aynigan va qayt qilgan. Etib kelgan tez yordam xodimlari ham qizga yordam bera olmadi. Qizning tanasidan jarohat izlari, kuch ishlatish alomatlari topilmadi. Voqea joyi polisiyachilar tomonidan tekshirilib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi, o‘lim sabablari o‘rganilmoqda.
Gidroperit vositasidan uy sharoitida sochni rangsizlantirish maqsadida foydalaniladi. U suvga aralashtirilganda, peroksid vodorodi va karbamid suyuqligi kelib chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi