17:03 / 06.06.2017
6 100

Ashxabodda ayrim fuqarolarning xorijga chiqishiga ruhsat berilmadi

Ashxabodda ayrim fuqarolarning xorijga chiqishiga ruhsat berilmadi
O‘tgan dam olish kunlari Ashxabod shahar aeroportida bir necha yo‘lovchi Dubay va Istanbul reysiga chiqarilmadi.

Turkmanistondan uchib ketishga muvaffaq bo‘lmagan yo‘lovchilardan birining aytishicha, barcha yo‘lovchilarning qo‘llarida sayyohlik va xizmat vizalari bo‘lgan. «Bizdan nima uchun ketayotganimizni so‘rashdi. Men, o‘rtog‘im bilan avtomashinalar uchun ehtiyot qismlar olib kelish uchun ketayotganimni aytdim. Shundan so‘ng ular: Agar siz dam olish uchun emas, balki ishlash uchun ketayotgan bo‘lsangiz, yolg‘on ma’lumot berganingiz uchun Jinoyat kodeksining 201 moddasi bo‘yicha ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinasizlar deyishdi”, deydi suhbatdosh.

Uning so‘zlariga qaraganda, uni bir necha bor xavfsizlik xizmati xodimlari suhbatga chaqirgan. U agar uni chetga elga chiqarishmasa, u holda prokuraturaga murojaat qilishini bildirdi. Uning aytishicha, mintaqalarda istiqomat qiluvchi aholi xorijga chiqish uchun viza olish maqsadida poytaxtga kelishga majbur bo‘lishadi. Buning uchun vaqt va moddiy harajatlar kerak bo‘ladi.

Ashxabod, Mari, Turkmanobod va Balkanota Migrasiya xizmati biror bir izoh berishdan voz kechdi.

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, so‘nggi oylarda Turkmaniston fuqarolari, birinchi navbatda mintaqa aholisi biometrik pasport va xorijga chiqish vizalarini olishda qiyinchiliklar bilan to‘qnash kelmoqda. Mahalliy kuzatuvchilar tashqi va ichki migrasiya bilan bog‘liq bu kabi cheklovlarni Osiyo-2017 o‘yinlari bilan bog‘lashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ashxabodda ayrim fuqarolarning xorijga chiqishiga ruhsat berilmadi