12:54 / 14.06.2017
7 734

Londondagi turar-joy binosida katta yong‘in: 24 qavat olov ichida (Video)

Londondagi turar-joy binosida katta yong‘in: 24 qavat olov ichida (Video)
Bugun, 14 iyun kuniga o‘tar kechasi Londonning g‘arbida joylashgan ko‘p qavatli turar-joy binosida kuchli yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda “The Guardian” nashriga tayanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 30 kishi shikastlanib, 5 nafari shifoxonaga etkazilgan. Aholi evakuasiya qilingan.

Yong‘in tunda boshlangan bo‘lib, 40 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 200 nafar o‘t o‘chiruvchi hamon olovni bartaraf eta olishmagan.

“Grenfell Tower” binosining 24 qavati yong‘in ichida qolmoqda. Voqea joyida 20 ta tez yordam xizmati brigadasi ish olib boryapti.

Guvohlarning aytishicha, oynalarning singan ovozi eshitilib turibdi. Ayrim manbalarda binoning qulab tushish xavfi borligi aytilmoqda. Hozirgacha yong‘in yuzaga kelish sababi aniqlanmagan.

“Grenfell Tower” binosi 1970 yilda qurilgan bo‘lib, unda 200 ga yaqin xonadon joylashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Londondagi turar-joy binosida katta yong‘in: 24 qavat olov ichida (Video)