19:45 / 14.06.2017
6 057

Londondagi yirik yong‘in sabab olti kishi halok bo‘ldi

Londondagi yirik yong‘in sabab olti kishi halok bo‘ldi
Londondagi “Grenfell tauer” turar joy binosida ro‘y bergan yong‘in oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Skotlend-Yard bayonotida aytiladi.

"Ayni damda biz Shimoliy Kensington tumanida bugun, 14 iyun kuni erta tongda yuz bergan yong‘in natijasida olti kishi halok bo‘lganini tasdiqlay olamiz, - deya ma’lum qilishdi polisiyada. – Biroq bu dastlabki bosqich hamda qurbonlar soni ko‘payishi mumkin".

Avvalroq London sharqidagi 27 qavatli binoda kuchli yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Londondagi yirik yong‘in sabab olti kishi halok bo‘ldi