AQShning Arizona shtatidagi Finiks shahrida yashovchi erkak itini shaqildoq ilondan qutqarish uchun ilonga o‘zini chaqtirdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
62 yoshli Maykl Siburg (Michael Seaburgh) hovlisidagi basseynni tozalayotganda g‘alati ovozni eshitdi. Ilon tozalash asboblarining tagiga yashiringan edi. Mayklning iti g‘alati tovush kelayotgan joyga yugurib borib, tozalash asboblarining tagiga burnini tiqdi. Shu payt itga tashlangan ilonni Maykl qo‘li bilan to‘sdi, oqibatda ilon uni chaqdi. Unga birinchi yordam ko‘rsatildi, ayni paytda Mayklning hayoti xavf ostida emas.
Amerikada har yili shaqildoq ilon 15 mingga yaqin uy hayvonlarini chaqadi. 80 foiz holatda ularni qutqarishning iloji bo‘lmaydi. Odamlar uchun shaqildoq ilonning zahri xavfli emas. Agar odam ikki soat mobaynida zaharga qarshi dorini ichsa, hech narsa qilmaydi. Bir foiz holatdagina shaqildoq ilonning zahri odamni o‘ldirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi