14:00 / 27.06.2017
6 300

Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriyaga qarshi navbatdagi hujumni tashkil etmoqchi…

Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriyaga qarshi navbatdagi hujumni tashkil etmoqchi…
Pentagon shu haqda Suriya prezidenti Bashar Asadni rasman ogohlantirdi. Amerikaliklarning aytishicha, Suriya xalqqa qarshi yangi kimyoviy qurol ishtirokidagi hujumni tayyorlayotganmish.

— Bu gal Bashar Asadga juda qiyin bo‘ladi, — dedi Donald Tramp ma’muriyatidagilar. — Agar kimyoviy qurol bilan xalqqa qarshi hujum uyushtirsa, bu harakati shafqatsizlarcha jazolanadi…

2017 yil 4 aprelida Suriyaning Xon-Shayxun shahrida Asad armiyasi tinch aholini kimyoviy qurollardan o‘qqa tutgani haqida mamlakatdagi muxolifatchi kuchlar shikoyat qilgan. Bu hujum oqibatida 80 kishi halok bo‘lgani, 200 dan ziyod odam og‘ir jarohat olgani aytib o‘tilgan. Bu hujum aynan Asad armiyasiga tegishliligiga aniq dalil bo‘lmay turib Tramp Suriya armiyasi harbiy bazalariga raketa hujumlarini yo‘lladi.

Bashar Asad hanuz bu hujumlar, mamlakat armiyasini, u yuritayotgan siyosatni yo‘q qilish uchun bahonadan bo‘lak narsa emasligini ta’kidlamoqda. Xon Shayxunda ham kimyoviy qurol ishga solinmagan va solinmaydi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Amerika Asad siyosatini yo‘q qilish harakatiga tushdimi, endi to‘xtamasligi tayin. Trampni faqat o‘zidan-da shafqatsizroq, nomardroq kuchlargina to‘xtata oladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriyaga qarshi navbatdagi hujumni tashkil etmoqchi…