14:58 / 27.06.2017
9 813

BAA prezidenti 2014 yildan beri birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi

BAA prezidenti 2014 yildan beri birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
BAA prezidenti, Abu-Dabi amiri Halifa bin Zoid Ol Nahayon 2014 yilda boshidan kechirgan insultdan keyin 25 iyunda ilk marta omma oldida paydo bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, BAA rahbari 2014 yil 24 yanvarda insultdan keyin shifoxonaga yotqazilib, operasiya qilingandi.

BAA Axborot agentligining ma’lum qilishicha, Halifa bin Zoid Ol Nahayon Dubay amiri va BAA bosh vaziri Muhammad bin Rashid Al Maqtum hamda Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan amirliklar etakchilari va oliy kengash a’zolarini Abu-Dabidagi Al-Batin saroyida Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan qutlagan. Amirlar va kengash a’zolari prezidentga mustahkam sog‘liq, BAA xalqi uchun tinchlik-farovonlik tilab qolishgan. Prezident shuningdek valiahd shahzodalar va amirlar o‘rinbosarlaridan ham tabrik olgan.

Shayh Halifa bin Zoid Ol Nahayon 1948 yil 25 yanvarda tug‘ilgan. U otasi Zoid bin Sulton Ol Nahayon vafotidan keyin 2004 yilda BAAning ikkinchi prezidenti bo‘lgan.

BAA federativ davlat bo‘lib, 7 ta amirlik: Abu-Dabi, Ajman, Dubay, Ras-al-Hayma, Umm-al- Kayvayn, Al-Fujayra va Sharjadan tashkil topgan. Ularning har biri mutlaq monarxiya hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAA prezidenti 2014 yildan beri birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi