07:00 / 28.06.2017
5 515

«Asad o‘z xalqini qirish uchun navbatdagi kimyoviy hujumga tayyorlanmoqda» — Oq uy

«Asad o‘z xalqini qirish uchun navbatdagi kimyoviy hujumga tayyorlanmoqda» — Oq uy
Suriya prezidenti Bashar Asad navbatdagi kimyoviy hujumga tayyorlanmoqda, deb yozadi Kun.uz AQShning mashhur Fox News nashri xabariga asosan.

Manbada aytilishicha, Asad ikkinchi marotaba o‘z xalqini qirish uchun Suriyadagi mavjud kimyoviy quroldan foydalanmoqchi.

«Janob Asad o‘z xalqini qirish uchun navbatdagi ommaviy qirg‘inga tayyorlanmoqda. AQShda bunday deyish uchun etarlicha ma’lumotlar bor. Ular uyushtiradigan qirg‘in qurbonlari orasida bolalar ham bo‘ladi. U va uning tarafdorlari buning uchun javob berishadi. Ular uchun bu qimmatga tushadi»,- deb yozadi Oq uy matbuot kotibi Sin Spayser.

AQSh hukumati 6 aprel kuni Suriyaning Homs viloyatidagi harbiy aviabazaga zarba yo‘llagan va bunga sabab qilib Bashar Asadning Idlibda kimyoviy qurol vositasida ommaviy qirg‘in o‘tkazgani ko‘rsatilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Asad o‘z xalqini qirish uchun navbatdagi kimyoviy hujumga tayyorlanmoqda» — Oq uy