08:39 / 30.06.2017
19 626

Qozog‘istonning Aqmolin viloyatida ayol kishi etagidagi jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bilasizmi ayol kim ekan?..

Qozog‘istonning Aqmolin viloyatida ayol kishi etagidagi jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bilasizmi ayol kim ekan?..
Tergov manfaatlarini ko‘zlab jinoyatchilarning ism-familiyalari sir tutilgan.
Xullas, Qozog‘iston ichki ishlar vazirligiga qarashli giyohvand moddalar savdosiga qarshi alohida bo‘linma vakillari butun boshli jinoiy guruhni qo‘lga oldi. Ularga ayol kishi etakchilik qilgan. Ayolning uyi tintuv qilinganda, 16 gramm geroin moddasi topildi. Vaholanki, bu o‘ta katta hajmdagi giyohvand modda sanaladi. O‘ttiz yoshli ayolning nikohsiz yashab yurgan jazmani ham bu jinoyatlarda bevosita ishtirok etgan. Oxirgi marta ayol «mijoz»laridan biriga 1, 9 gramm miqdoridagi oq og‘uni tayyorlab sotgan.

Bundan tashqari, ayolning uyidan 182 ming tanga naqd pul hamda yangi shprislar ham topildi. Barchasi ashyoviy dalil sifatida ichki ishlar jinoyat qidiruv bo‘limiga etkazildi. Tezkor operasiya yordamida bu jinoiy guruhga giyohvand moddalarni ulgurji ko‘rinishda etkazib beruvchi kimsa ham aniqlandi. U Oqko‘l tumanida yashovchi 29 yoshli erkak ekan. Uning uyidan 55 gramm geroin, elektron tarozilar va 198 ming tanga pul ham topildi. Bundan tashqari, jami 130 dona jangovar patronlar ham erkakdan tortib olindi. Ayni paytda barcha ashyoviy dalillarni kriminalistlar o‘rganib chiqmoqda.

Bu ham mayli. Jinoiy guruh rahbari kim ekanini bilasizmi? Albatta yo‘q. Qarang, bu jinoiy guruhga etakchilik qilgan ayol maktabda ingliz tilidan yosh avlodga ta’lim berarkan. Maktab direktori muallima ishdalik paytida jinoiy ishlar bilan shug‘ullanmaganini qistirib o‘tdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonning Aqmolin viloyatida ayol kishi etagidagi jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bilasizmi ayol kim ekan?..