23:31 / 07.07.2017
5 833

Video: Putin va Tramp ilk marta yuzlashdi

Video: Putin va Tramp ilk marta yuzlashdi
Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp birinchi marta G20 doirasida ilk marta yuzma-yuz kelishdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ikki siyosatchi qo‘l siqishib, salom-alik qilgani haqida xabar berdi.

«Ular o‘zaro qo‘l siqishib ko‘rishishdi va bir-birlariga tez orada alohida uchrashuv o‘tkazishlarini aytishdi», - dedi Peskov.




Peskov Trampning Putin bilan uchrashuvni sabrsizlik kutayotganiga doir so‘zlariga izoh berar ekan, RF prezidenti ham amerikalik hamkasbi bilan bo‘ladigan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutayotgani va u bilan muhokama qilinadigan masalalar ko‘pligini bildirgan.

Germaniyada bugun katta yigirmatalik davlatlari rahbarlari ishtirokidagi sammit boshlandi. Nufuzli tadbir Hamburg shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Uning markaziy voqeasi sifatida AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp hamda Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lishi kutilmoqda.

Rasmiy suratga tushish marosimidan keyin har ikki davlat rahbarlari bitta zalda bo‘lishdi va ular ilk marta yuzlashishdi.

Ikki siyosatchining rasmiy uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:45da boshlanadi va taxminan yarim soat davom etadi. Ikki etakchining uchrashuvi kecha tungacha qaysi vaqtda bo‘lishi aniq emasdi, chunki Putinning grafigi juda tig‘iz bo‘lgan. Amerikaliklar kechroq aloqaga chiqishgani uchun Putin ba’zi uchrashuvlarini qoldirishi mumkin.

Shu o‘rinda Tramp ham Putin bilan uchrashuv sabab xalqaro iqlim bo‘yicha yig‘ilishni o‘tkazib yuboradi. Putin va Tramp Suriya hamda Ukrainadagi holat to‘g‘risida gaplashishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Video: Putin va Tramp ilk marta yuzlashdi